Hujjat topshirish uchun maktab bitiruvchisidan attestat talab qilinmaydi
Jamiyat
−
04 iyun 2020
7064Hujjat topshirish uchun maktab bitiruvchisi attestat olishi shart emas. Bu haqda Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, bitiruvchilar attestat olishi shart emas. XTV bazasidagi ma’lumot DTM bazasiga o‘tkaziladi. Buning uchun abituriyentning pasport ma’lumotlari yetarli.
Zarur holatlardagina maktablarda attestatlarni qog‘oz ko‘rinishida olish mumkin. Elektron skaner ko‘rinishida ham beriladi.
Bunda ijtimoiy masofani saqlash va maktabda o‘quvchilarni yig‘ilishiga yo‘l qo‘ymaslik asosiy maqsad hisoblanadi.
Avvalroq, OTMga kirish imtihonlari qachon boshlanishi, necha smenada bo‘lishi va fanlar uchun beriladi ballar qay tarzda taqsimlangani haqida xabar bergan edik.
LiveBarchasi