Husniddin Norbekov uch karra Paralimpiada chempioni bo‘ldi
Sport
−
06 Sentyabr 2024 7868 1 daqiqa
Para yengil atletika bo‘yicha erkaklar o‘rtasida F35 klassida yadro uloqtirish musobaqasida ishtirok etgan o‘zbekistonlik Husniddin Norbekov 16.82 metr natija qayd etib, uchinchi bor Paralimpiya o‘yinlari g‘olibi bo‘ldi.
U bunday natija qayd etgan ilk o‘zbekistonlik sportchiga aylandi.
Ma’lumot uchun, Husniddin Norbekov bundan avval Rio-2016 va Tokio-2020 yozgi Paralimpiya o‘yinlarida ham oltin medalni qo‘lga kiritgan.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 5 sentyabr kuni para dzyudo bahslarida O‘zbekiston sharafini himoya qilgan para dzyudochi Sherzod Namozov final bahsida g‘alaba qozonib, ikki karra Paralimpiada chempioni bo‘lgandi.
Live
BarchasiBAAdagi YTHda 14 kishi halok bo‘ldi
13 Noyabr