Husiylar zarbasi oqibatida uch kishi halok bo‘ldi

Olam

image

Kecha, 6 mart kuni Yamandagi husiylar nazorati ostidagi hududdan uchirilgan kemaga qarshi ballistik raketa zarbasi oqibatida Adan ko‘rfazida tijorat kemasidagi uch ekipaj a’zosi halok bo‘ldi. Bu haqda AQSH Markaziy qo‘mondonligi (CENTCOM) xabar berdi. 

“Zarbalar Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlangan husiylar tomonidan amalga oshirilmoqda va bu hujum noyabr oyi o‘rtalarida xalqaro yuk tashish yo‘llariga hujumlar boshlanganidan beri birinchi marta odamlarning o‘limiga olib kelishidir”, deyiladi xabarda. 

CENTCOM ma’lumotlariga ko‘ra, ikki kun ichida husiylar beshta shunday raketa uchirgan. Kechagi raketa zarbasi esa Liberiyaga tegishli, Barbados bayrog‘i ostida suzayotgan True Confidence yuk kemasiga berilgan, kemada yong‘in kelib chiqqan.

“To‘rt yaradordan uchtasi og‘ir ahvolda. Hujum barcha ekipaj a’zolarini kemani tark etishga majbur qildi. Amerikaning USS Philippine Sea boshqariladigan raketa kreyseri qutqaruv ishlariga yordam berishga harakat qildi. Hind esminetsi yordamga birinchi bo‘lib yetib keldi”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan oyda Buyuk Britaniyaning o‘g‘it tashuvchi Rubymar kemasi husiylar hujumida shikastlanganidan so‘ng, dam olish kunlari cho‘kib ketgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Yaman husiylar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing