Husiylar Tel-Aviv va Ashkelonga zarba berganini e’lon qildi

Olam

image

Yaman husiylari bugun, 27 sentyabr kuni Isroilning Tel-Aviv va Ashkelon shaharlaridagi “harbiy nishonlarga” hujum qildi. Bu haqda husiylar harbiy vakili Yahyo Sariya ma’lum qildi.

“Yaman qurolli kuchlari operatsiya o‘tkazdi, uning davomida ular bosib olingan Yaffa shahrida (Tel-Aviv) dushman Isroil harbiy nishoniga “Falastin-2” ballistik raketasi bilan, shuningdek,  ishg‘ol qilingan Ashkelondagi nishon “Yaffa” uchuvchisiz samolyoti bilan hujum uyushtirdi", deydi u husiylarga tegishli “Al Masirah” telekanalida.

Avvalroq Isroil mudofaa kuchlari matbuot xizmati Yamandan otilgan raketa Isroil hududidan tashqarida tutib olingani haqida xabar bergan edi.

Bugun, 27 sentyabr kuni Isroil markazining bir qancha hududlarida hujum xavfi haqida ogohlantiruvchi havo hujumi sirenalari yangradi.

Qayd etish joiz, G‘azo sektoridagi mojaro avj olgani sari husiylar Falastin anklavidagi operatsiya to‘xtatilgunga qadar Isroilni o‘qqa tutib, unga aloqador kemalarning Qizil dengiz va Bob al-Mandeb bo‘g‘ozi orqali o‘tishiga yo‘l qo‘ymasliklari haqida ogohlantirgan. O‘tgan yilning noyabr oyidan beri ular Qizil dengiz va Adan ko‘rfazida o‘nlab tinch aholi kemalariga hujum qilgan.

Husiylarning harakatlariga javoban Amerika rasmiylari Qizil dengizda navigatsiya erkinligini ta’minlash va kemalarni himoya qilish uchun xalqaro koalitsiya tuzilgani va Prosperity Guardian operatsiyasi boshlanganini e’lon qildi. Keyinchalik Buyuk Britaniya va Qo‘shma Shtatlar qurolli kuchlari Yamanning turli viloyatlaridagi husiylarning harbiy nishonlariga muntazam zarba bera boshladi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan oy oxirida Yaman husiylari yetakchisi Abdulmalik al-Husiy Isroilni ayanchli hodisalar kutayotganidan ogohlantirgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil Yaman husiylar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing