Husanovning “Real”ga qarshi o‘yini yuqori baholandi
Sport
−
16:26 6147 2 daqiqa
ESPN nashrining britaniyalik jurnalisti Mark Ogden O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanovning “Manchester Siti”dagi o‘sishini yuqori baholadi. Bu haqda Ogden X tarmog‘ida yozdi.
Jurnalist “Manchester Citi” Chempionlar ligasi 1/8 final doirasida “Real Madrid”ga qarshi bahsda qiynalganini, biroq Abduqodir Husanov ushbu o‘yinda alohida ajralib turganini ta’kidladi.
“Manchester Siti” uchun bu yaxshi kecha bo‘lmadi, ammo Husanov ajoyib o‘yin ko‘rsatdi. U o‘tgan mavsumda jamoaga kelganida biroz ishonchsiz ko‘ringan edi, biroq shundan beri ancha o‘sishga erishdi”, deb yozdi jurnalist.
Ushbu uchrashuvda Abduqodir Husanov to‘liq 90+daqiqa harakat qildi va birinchi bo‘limning yakunida sariq kartochka oldi. “SofaScore” portaliga ko‘ra, Abduqodirning maydondagi harakatlari 7,2 ballga baholandi. Taqqoslash uchun, “Manchester Citi”ning boshqa himoyachilari – Nunes 6,3, Diash, 6,5, Ait Nuri 6,5, Ake 6,5, Gehi 6,6 ball oldi.
Ma’lumot uchun, o‘tgan mavsumda Abduqodir Husanovning Chempionlar ligasidagi debyut uchrashuvi ham aynan “Real Madrid” ga qarshi bo‘lib o‘tgan edi. Unda ham “shaharliklar” 0:3 hisobida mag‘lubiyatga uchrab, turnir bilan xayrlashgan.
Eslatib o‘tamiz, “Manchester Siti” ikki o‘yin natijasiga ko‘ra “Real Madrid”ga 5:1 hisobida mag‘lub bo‘lib, Yevropaning asosiy musobaqasini tark etdi.
Live
Barchasi