Holand ikkinçi marta “Golden Player” mukofotini qölga kiritdi

Sport

−

image

“Mançester Siti” hujumçisi Erling Holand ovoz beriş natijalariga köra, Italiyaning “Tuttosport” naşri tomonidan ötgan mavsumning eng yaxşi futbolçisiga beriladigan “Golden Player” sovriniga sazovor böldi. Bu haqda mukofot taşkilotçisi xabar berdi.

2026 yilda norvegiyalik futbolçi 53 ta uçraşuvda, jumladan, milliy terma jamoa safida ham maydonga tuşib, 46 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oşirdi.

Holand “Mançester Siti” bilan Angliya Kubogi va Liga Kubogida ğolib çiqdi. Şuningdek, 27 ta gol bilan Premer-liganing eng yaxşi töpurariga aylandi. Futbolçi 2026 yilgi Jahon çempionatida ham 5 ta gol urdi. Bu Holand uçun mazkur sovrindagi ikkinçi ğalaba böldi. U avvalroq, 2023 yilda ham uşbu mukofotni qölga kiritgan edi.

Şuningdek, Ispaniya terma jamoasi va “Barselona” klubi himoyaçisi Pau 21 yoşgaça bölgan eng yaxşi yevropalik futbolçiga beriladigan “Golden Boy” mukofotiga sazovor böldi. Bundan taşqari Kataloniya klubi prezidenti Loan Laporta yilning eng yaxşi futbol prezidenti deb topildi.

Ma’lumot uçun, “Tuttosport” naşri 2025 yilgi mavsumning eng yaxşi futbolçisiga beriladigan “Golden Player” mukofotini ramziy ma’noda Diogu Jotaga topşirgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing