Husanov “ManSiti”ning bugungi o‘yinini o‘tkazib yuborishi mumkin

Sport

image

Angliya Premer-ligasining 8-turi doirasidagi “Manchester Siti”ning “Everton”ga qarshi bugun, 18 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadigan o‘yinida Rodri va Abduqodir Husanov maydonga tushmasligi mumkin. Bu haqda “CityXtra” nashri xabar berdi.

Ispaniyalik Rodri “Brentford”ga qarshi o‘yinda tizzasidan jarohat olgan va shundan so‘ng Ispaniya terma jamoasi yig‘inini ham o‘tkazib yuborgan. Hozirda u guruh mashg‘ulotlariga qaytgan, ammo to‘liq tayyor emas. O‘zbekistonlik Abduqodir Husanov esa jismoniy tayyorgarlikni to‘liq yakunlamagan. U mashg‘ulot maydonchasida asta-sekin tiklanmoqda, shuning uchun bosh murabbiy Pep Gvardiola futbolchilar bilan tavakkal qilmoqchi emas.

Gvardiola va tibbiyot shtabi keyingi 48 soat davomida ikki futbolchini diqqat bilan kuzatadi. O‘yindan oldingi matbuot anjumani ularning maydonga tushish imkoniyati haqida qo‘shimcha ma’lumot berishi kutilmoqda.

Ikkala futbolchining yo‘qligi taktik o‘zgarishlarga olib kelishi mumkin. Rodri bo‘lmagan taqdirda yarim himoyani Niko Gonsales boshqarishi, Husanov yo‘qligida esa o‘ng qanot himoyasida Mateus Nunes yoki Riko Lyuis maydonga tushishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Abduqodir Husanov 21 sentyabr kuni “Arsenal”ga qarshi bo‘lib o‘tgan (1:1) o‘yinda oyog‘idan jarohat olgan edi. O‘zbekistonlik futbolchi joriy mavsumda “Manchester Siti” safida jami 5 ta o‘yinda maydonga tushgan.


Maqola muallifi

Teglar

Manchester Siti Everton Abduqodir Husanov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing