“Humo arena” jahon chempionatiga mezbonlik qiladi
Sport
−
07 fevral 2020
7479Toshkentda joylashgan “Humo arena” ko‘p tarmoqli muz saroyi 2022 yilda figurali uchish bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida jahon chempionatiga mezbonlik qiladi.
Bu haqda O‘zbekiston qishki sport turlari assotsatsiyasi raisi Hakim To‘laganov ma’lum qildi. Ushbu nufuzli musobaqaga munosib hozirlik ko‘rishni ta’minlash maqsadida Xalqaro konkichilar ittifoqi (ISU) “Humo arena” sport saroyiga yana ikkita nufuzli musobaqani ishonib topshirdi.
Dastlab, joriy yilning 27 avgust va 12 sentyabr kunlari figurali uchish bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida xalqaro Gran-pri musobaqasi o‘tkaziladi. Ushbu musobaqada jami 27 ta davlatdan 300 nafardan ortiq sportchilar ishtirok etishi kutilmoqda.
Shuningdek, 2021 yilda ham figurali uchish bo‘yicha “Humo arena” ko‘p tarmoqli muz saroyida o‘smirlar o‘rtasida yana bir yirik turnir tashkillashtiriladi. Bu gal Toshkentda to‘rt qit’a birinchiligi musobaqasi o‘tkazilishi belgilangan.
Keyingi yilning avgust va sentyabr oylarida o‘tishi kutilayotgan turnirda Osiyo, Yevropa, Amerika va Avstraliya qit’alarining iqtidorli sportchilari ishtirok etadi.
LiveBarchasi