Habib Nurmuhamedov “Humo”ning murabbiylaridan biriga aylandi

Sport

image

Bugun, 1 aprel kuni "Humo" xokkey klubi va Rossiyaning aralash yakkakurash jangchisi Habib Nurmuhamedov o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi kelishuvga erishildi. Bu haqda klubning rasmiy saytida ma’lum qilindi.

"Yengilmas kurashchi "Humo" murabbiylar shtabiga jang san’ati bo‘yicha murabbiy sifatida kiradi. Biz Habib Nurmuhamedovga omad va ko‘k-olovranglar safida muvaffaqiyatlar tilaymiz!" deyiladi klub xabarida.

"Humo" jamoasining himoyachisi hisoblangan Igor Merejko bu yangilik jamoani hayajonga solganini ta’kidladi. Shuningdek, himoyachi tezroq yangi murabbiy bilan ko‘rishishni xohlamoqda. 

"Biz ushbu yangilikni katta hayajon bilan qarshiladik. Bizning jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha murabbiyimiz Arnis Riteniyeks juda yaxshi jang san’ati mahoratiga ega va endi Habib bilan birgalikda ular bizga ko‘plab yangi narsalarni o‘rgatadi. Yangi murabbiy jamoaga qo‘shilishini hayajon bilan kutayapmiz" deydi himoyachi.

Ma’lumot uchun, "Humo" xokkey klubi 2018 yilda tashkil qilingan. Klubning uy uchrashuvlari Toshkentdagi "Humo arena" muz saroyida o‘tkaziladi.

 

Maqola muallifi

Teglar

Habib Nurmuhamedov Humo arena "Humo" xokkey klubi

Baholaganlar

160

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing