“Humo arena” yonidagi ko‘chalarda transport harakati cheklanadi

Jamiyat

image

Joriy yilning 14 sentyabridan futzal bo‘yicha Jahon chempionati start olishi munosabati bilan Toshkent shahridagi "Humo arena" yonidagi bir qator ko‘chalarda transport harakati cheklanadi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB YHXB matbuot xizmati xabar berdi

Manbaga ko‘ra, 14 sentyabrdan 6 oktyabrgacha “Humo arena” sport majmuasiga tashrif buyuruvchi mehmonlar va muxlislarning xavfsizligini ta’minlash hamda jamoat tartibini saqlash maqsadida vaqti-vaqti bilan quyida keltirilgan ko‘chalarda transport vositalarining harakati qisman cheklanadi.

Furqat - Beshyog‘och ko‘chasidan Beshyog‘och ko‘chasi bo‘ylab, Beshyog‘och - Afrosiyob ko‘chalari kesishgan chorrahasigacha;

Beshyog‘och - Afrosiyob ko‘chalari kesishgan chorrahasidan, Afrosiyob ko‘chasi bo‘ylab, I.Karimov - Afrosiyob ko‘chalari kesishgan chorrahagacha hudud yopiladi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq 14 sentyabrdan 6 oktyabrga qadar Toshkent, Andijon va Buxoro shaharlarida bo‘lib o‘tadigan futzal bo‘yicha FIFA Jahon chempionati muxlislari uchun jamoat transporti bepul bo‘lishi xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent IIBB YHXB Humo arena

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made