Hukumat Shodmonovning Senatga bormagani bo‘yicha o‘rganish o‘tkazib, chora ko‘rdi
Jamiyat
−
31 dekabr 2019
10674Avvalroq, joriy yilning 24 dekabr kuni Oliy Majlis Senati kengashining umumiy ovqatlanish korxonalari va ta’lim tizimida aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligiga oid qonun hujjatlarining ijrosini o‘rganish natijalariga bag‘ishlangan majlis bo‘lib o‘tgani, unda taklif qilinganiga qaramasdan Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov va o‘rinbosarlari ishtirok etmagani haqida xabar bergan edik.
Mazkur masala 25 dekabr kuni Bosh prokuraturada o‘tgan yig‘ilishda ham kun tartibiga chiqdi va Shodmonov Prezident maslahatchisi Abdujabbor Abduvohidovga Senat majlisiga taklif qilinmaganini iddao qildi. Aslida esa Oliy Majlis Senati Sog‘liqni saqlash vazirligiga joriy yilning 18 dekabr kuni rasmiy xat kiritgan.
Mazkur holat bo‘yicha Senat O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi ustidan Vazirlar Mahkamasiga xat kiritgan edi.
Senat xatiga asosan Vazirlar Mahkamasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonovning kengaytirilgan majlisda ishtirok etmaganligi holati o‘rganib chiqilgan.
Qayd etilishicha, Sog‘liqni saqlash vaziriga vazirlikda ijro intizomi tizimli yo‘lga qo‘yilmaganligi hamda Oliy Majlis Senatining murojaatiga mas’uliyatsizlik bilan yondashilganligi ko‘rsatib o‘tilgan. Sog‘liqni saqlash vazirligining ijro intizomi buzilishiga yo‘l qo‘ygan mas’ul xodimlariga nisbatan intizomiy choralar ko‘rilgan.
LiveBarchasi