Alisher Shodmonov yangi lavozimga tayinlandi
Jamiyat
−
03 noyabr 2020
35283Sobiq Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Qayumovich Shodmonov Toshkent tibbiyot akademiyasi rektori etib tayinlandi. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri tegishli qarorni imzoladi.
Bugungacha tibbiyot akademiyasiga rektorlik qilgan Laziz To‘ychiyev boshqa ishga o‘tayotgani munosabati bilan egallab turgan lavozimidan ozod qilingan.
Ma’lumot uchun, Shadmanov Alisher Qayumovich 1962 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1985 yilda Andijon davlat tibbiyot institutini tamomlagan. Shodmonov 2009-2010 yillarda Andijon davlat tibbiyot instituti o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori, 2010-2015 yillarda Andijon davlat tibbiyot instituti rektori lavozimida ishlagan.
2016-2017 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik Palatasi deputati bo‘lgan. 2017 yilning fevral oyidan bugungacha O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri bo‘lgan.
Avvalroq, Alisher Shodmonov SSV rahbarligidan ketgani haqida xabar bergan edik. Uning o‘rniga birinchi o‘rinbosari Abduhakim Hojiboyev nomzodi vazir lavozimiga ma’qullandi.
Endilikda qaror O‘zbekiston Prezidentiga yuborilgan.
LiveBarchasi