Sobiq SSV vaziri Inoyatovga o‘rinbosar bo‘ldi

Jamiyat

image

Toshkent tibbiyot akademiyasining rektori Alisher Qayumovich Shodmonov O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri Amrullo Inoyatovning birinchi o‘rinbosari bo‘ldi. Tayinlov Prezident Shavkat Mirziyoyevning tegishli qarori bilan amalga oshirilgan.

Alisher Shodmonov 1962 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1985 yilda Andijon davlat tibbiyot institutini tamomlagan. 2009-2010 yillarda Andijon davlat tibbiyot institutining o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori, 2010-2015 yillarda Andijon davlat tibbiyot instituti rektori lavozimlarida mehnat qilgan.

2015-2017 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik Palatasi deputati, qo‘mita raisi bo‘lgan. 2017-2020 yillarda Sog‘liqni saqlash vaziri lavozimida ishlagan.

Tibbiyot fanlari doktori, professor Alisher Shodmonov 2020 yildan buyon Toshkent tibbiyot akademiyasi rektori vazifasida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Alisher Shodmonov SSV

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing