Bog‘cha bolalarining ommaviy zaharlanishi ortidan SSV tilga kirdi

Jamiyat

image

Avvalroq, Jizzax viloyatining Forish tumanida joylashgan 4 ta maktabgacha ta’lim muassasalarida 37 bola ommaviy ravishda ovqatdan zaharlangani haqida xabar berilgandi. Holat yuzasidan Sog‘liqni saqlash vazirligi bayonot berdi.

Bildirilishicha, kecha, 9 oktyabr kuni Jizzax viloyati Forish tumanidagi bir nechta maktabgacha ta’lim tashkilotlarining ayrim tarbiyalanuvchilarida yengil noxushlik, haroratning ko‘tarilishi, ko‘ngil aynishi va qisqa muddatli ovqat hazm qilish buzilishi belgilari kuzatilgan. Ularga o‘z vaqtida zarur tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Hozirgi paytda barcha bolalarning ahvoli barqaror, sog‘lig‘iga xavf yo‘q. Hozirda faqat 2 nafar bola profilaktika maqsadida shifokorlar kuzatuvida qolmoqda.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, noxushlik holati oziq-ovqat omillari bilan bog‘liq bo‘lishi ehtimol qilinmoqda. Aniq sabab laboratoriya tahlillari natijalariga ko‘ra belgilanadi. 

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik xizmati mutaxassislari tomonidan oziq-ovqat mahsulotlari va suvdan namuna olingan, tadqiqotlar olib borilmoqda.

“Sog‘liqni saqlash vazirligi fuqarolarni xotirjamlikni saqlashga hamda tasdiqlanmagan ma’lumotlarni tarqatmaslikka chaqirib, vaziyat tegishli xizmatlar tomonidan to‘liq nazoratga olinganini ma’lum qiladi”, deyiladi bayonotda.

Eslatib o‘tamiz, shifokorlar tomonidan o‘tkazilgan epidemiologik surishtiruv davomida bolalar 8 oktyabr kuni maktabgacha ta’lim muassasalarida biokefir, sir va sariyog‘ kabi mahsulotlar iste’mol qilgani aniqlanib, ularga anamnez va birinchi tekshiruvlar asosida “o‘tkir diareya” tashxisi qo‘yilib, statsionar ravishda tibbiy yordam ko‘rsatilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

bog'cha Jizzax Forish SSV ommaviy zaharlanish

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing