Hukumat a’zolari o‘zbek-qirg‘iz chegarasida to‘qnashuv bo‘lgan hududga bordi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi a’zolari, Bosh vazir o‘rinbosarlari va vazirlar mamlakatning anklav tumani So‘xga borishdi. Bu haqda tuman hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Kecha, 1 iyun kuni O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov So‘x tumanida bo‘lib aholi bilan uchrashgandi. Bosh vazir uchrashuv vaqtida osh vazir o‘z o‘rinbosarlari tumandagi kamchiliklarni hal qilish uchun tumanga kelishini aytib o‘tgandi. Bugun, 2 iyunda esa O‘zbekiston Prezidentining topshirig‘i bilan Hukumat a’zolari So‘xga bordi.

“Sux tumani har doim o‘zining ko‘rku chiroyi va jozibasi ila barchani o‘ziga tortgani rost. Xabar berganimizdek, bugun Sux tumaniga bevosita Prezidentimiz topshirig‘i bilan bir gurӯh hukumat a’zolari va vazirlar yetib kelishdi. Mehmonlar dastlab Chashma bulog‘iga borishdi. Chashmaning shifobaxsh suvlaridan ichib, So‘xliklarning qalbi ham So‘x chashmasidek tiniq va pokligiga yana bir karra amin bo‘lishdi”, deyiladi hokimlik xabarida.

Qayd etilishicha, ular Prezidentning topshirig‘i bilan anklav hududdagi muammolarni o‘rganib, dastur tayyorlash va bu orqali mavjud muammolarni bartaraf etish uchun hududga kelishgan.

Eslatib o‘tamiz, 31 may kuni O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegara hududidagi aholi o‘rtasida Chashma bulog‘ining suvidan foydalanish ustida mojaro kelib chiqdi. Ikki o‘rtadagi janjalda O‘zbekistondan 187 kishi yaralangan, Qirg‘izistondan 25 kishi jabrlangan. Bir nechta uyga o‘t qo‘yib yuborilgan.

Yuz bergan to‘qnashuv bo‘yicha O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov va Qirg‘iziston Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Kubatbek Boronov uchrashuv o‘tkazib, tergov harakatini birgalikda olib borishga kelishib oldi.


Maqola muallifi

Teglar

So'x tumani

Baholaganlar

157

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing