Hududiy futbol assotsiatsiyalari tashkil etiladi
Sport
−
27 may 2020
4584Vazirlar Mahkamasining “Hududiy futbol assotsiatsiyalari faoliyatini yanada qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. bu haqda "Norma" xabar berdi.
Qoraqalpogiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy futbol assotsiatsiyalari oldiga quyidagi asosiy vazifalar qo‘yildi:
• yuqori iqtidorga ega bulgan yosh futbolchilarni tanlash va saralab olish tizimini tubdan takomillashtirish;
• ushbu sohasiga xususiy investitsiyalarni keng jalb etish;
• futbol sohasining bozor mexanizmlari asosida boshqarilishini ta’minlash;
• futbol klublarini xususiy sektorga o‘tkazishni tashkil etish hamda ular orasida sog‘lom sport raqobati muhitini yaratish;
• futbol musobaqalari tomoshabopligini oshirish hamda futbolni rivojlantirishning yangi tizimini samarali yo‘lga qo‘yish orqali o‘zbek futboli brendini yaratish.
Qoraqalpogiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga quyidagilar topshirildi:
• hududiy futbol assotsiatsiyalari uchun bino va inshootlar taqdim etish hamda homiylar biriktirish;
• moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga ko‘maklashish hamda futbol mahorati maktablari, shuningdek, futbolga ixtisoslashtirilgan sport maktablarini rivojlantirishni doimiy nazorat qilish;
• “Sport maktablari futbol ligasi” va “Professional futbol maktablari ligasi” musobaqalarini moliyalashtirish.
Futbolni rivojlantirish xarajatlari mahalliy byudjetlarning qo‘shimcha daromadlari hisobidan moliyalashtiriladi.
LiveBarchasi