Hozirgi vaqtda YeCHLda g‘olib bo‘lishimiz imkonsiz – Gvardiola

Sport

image

“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola ingliz jamoasining 2024/2025 yilgi Yeropa Chempionlar ligasida g‘alaba qozonish imkoniyatlari haqida to‘xtaldi.

“Ayni paytda bu vazifa biz uchun imkonsizdek. Muvaffaqiyatga erishgan yilimizni eslasam, o‘shanda bor fikrlarim faqat g‘alabaga qaratilgan edi. Men doimo mavjud voqelikni hisobga olgan holda oqilona harakat qilaman. Raqiblarimiz bizdan ko‘ra ko‘proq tajribaga ega. "Real Madrid" YeCHLni muvaffaqiyatsiz boshlagan bo‘lishi mumkin, ammo so‘nggi o‘yinlarda ular o‘z darajasiga qaytdi va natija ko‘rsata boshladi. “Bavariya” Kompani qo‘l ostida ajoyib mavsumni o‘tkazmoqda... Bir-ikki hafta ichida vaziyat o‘zgarishi mumkin va raqibimiz kim bo‘lishi noma’lum...  Biz puxta tayyorgarlik ko‘ramiz, optimal formada bo‘lamiz va nima bo‘lishini esa vaqt ko‘rsatadi”, deydi Gvardiola.

“Manchester Siti” yevrokuboklarning asosiy turnirida umumiy hisobda 22-o‘rinni egalladi. Shunday qilib, Gvardiola shogirdlari pley-off o‘yinlarida “Bavariya” yoki “Real” bilan to‘qnash keladi. Pley-off bosqichiga qur’a tashlash marosimi 31 yanvar kuni bo‘lib o‘tadi.


Maqola muallifi

Teglar

Manchester Siti Xosep Gvardiola Eropa Chempionlar ligasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing