Hozir faqat Usik Fyurini yenga oladi – Roy Jons

Sport

image

To‘rt vazn toifasida sobiq jahon chempioni, afsonaviy amerikalik Roy Jonsning fikricha, britaniyalik Tayson Fyuri bilan bahsda faqat ukrainalik Aleksandr Usik g‘alaba qozona oladi.

“Og‘ir vaznda g‘alabaga erishish juda qiyin. Tayson Fyuri hali hech kimdan mag‘lub bo‘lgani yo‘q, hozir uni faqat Usik mag‘lub qila oladi, deya olaman. Uaylderning zarbasi kuchliroq, ammo Fyuri va Usik aqlliroq bokschi hisoblanadi. Shu bilan birga, Fyuri ham juda katta jussaga ega, bu unga ustunlik beradi. Shunday ekan, hozir Fyuri va Usik birinchi o‘rinda, Joshua, Uaylder va xitoylik bokschi (Chjan Chjiley) esa bir pog‘ona pastda”, deydi Jons.

Matbuotda anchadan buyon Usik va Fyuri o‘rtasidagi jang haqida ko‘plab xabarlar paydo bo‘lyapti, biroq tomonlar hanuzgacha bo‘lajak jangning barcha shartlari borasida kelisha olmadi.


Maqola muallifi

Teglar

Roy Jons Aleksandr Usik Tayson Fyuri

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing