Hojiboy Tojiboyevning asarlaridan foydalanishga cheklov qo‘yildi

Madaniyat-san’at

image

O‘zbekiston Respublikasi va Tojikiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist, so‘z ustasi marhum Hojiboy Tojiboyev asarlaridan noqonuniy foydalanishga chek qo‘yildi. Bu haqda San’atkor, ijodkor va ijrochilarning mualliflik huquqlarini himoya qilish palatasi xabar berdi.

Unga ko‘ra, Hojiboy Tojiboyevning merosxo‘rlari san’atkorning mualliflik huquqlarini himoya qilish maqsadida undan foydalanishda cheklovlarning o‘rnatilishiga erishdi.  

Endi so‘z ustasining asarlaridan foydalanishda mutlaq huquqlar "Milliy Tv" telekanali va "Oriat Dono" radiosi tomonidan litsenziya shartnomasi asosida amalga oshiriladi. 

Shuningdek, endi san’atkorning ovozli va video shakldagi qiziqchilik materiallarini efirga uzatish va foydalanish uchun barcha OAV Palata bilan litsenziya shartnomasini tuzishi kerak. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq marhum Hojiboy Tojiboyevning vorisi – qizi Intizor Tojiboyeva mualliflik huquqlarini himoya qilish maqsadida Adliya vazirligiga murojaat qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Adliya vazirligi Hojiboy Tojiboev Intizor Tojiboeva so'z ustasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing