Hojiboy Tojiboyevning vorisi vazirlikka da’vo kiritdi

Madaniyat-san’at

image

O‘zbekiston Respublikasi va Tojikiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist, so‘z ustasi marhum Hojiboy Tojiboyevning vorisi Intizor Tojiboyeva mualliflik huquqlarini himoya qilish maqsadida Adliya vazirligiga murojaat qildi.

Unga ko‘ra, “R.R.S.” MCHJga tegishli bo‘lgan “N.” radiokanali mualliflik huquqlarini buzgan holda, Hojiboy Tojiboyevning hajviyalarini efirga uzatgan. Vazirlik tomonidan tegishli tartibda tekshiruv o‘tkazilgan.

“Tekshiruv davomida “R.R.S.” MCHJga qonun hujjatlari buzilishi, ularning sabablari va bunga olib keluvchi shart-sharoitlarni bartaraf etish to‘g‘risida taqdimnoma kiritilib, huquqbuzarlik bartaraf etilgan”, deyiladi vazirlikning bu haqdagi xabarida. 

Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq mualliflik huquqi muallifning vafotidan so‘ng asar e’lon qilinganidan keyin yetmish yil davomida huquqiy himoyaga ega bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist, badiiy so‘z ustasi Tojiboyev Hojimurod Shodiyevich (Hojiboy Tojiboyev)ni 2021 yilning avgust oyida “Mehnat shuhrati” ordeni bilan taqdirlagan edi. 


Maqola muallifi

Teglar

Hojiboy Tojiboev Intizor Tojiboeva

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing