Xomanaiy Tehrondan olib chiqib ketildi

Olam

image

Eron Islom Respublikasi Oliy rahbari Oyatullox Ali Homanaiy Isroil va AQSH hujumlari fonida Tehron shahrida emas, u xavfsiz joyga ko‘chirilgan. Bu haqda “Mignews” xabar berdi.

Oliy rahbarning ayni damda qayerda ekani noma’lum, lekin u mamlakatdan olib chiqib ketilgan bo‘lishi ham mumkin.

Arab ommaviy axborot vositalari Homanaiyning qarorgohiga zarba berilishi mumkinligi haqida xabar bergan.

“Al Arabiya” telekanalining mintaqaviy manbalarga tayanib xabar berishicha, Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi inshootlari joylashgan hududda kuchli portlash sodir bo‘lgan.

Xabarlarga ko‘ra, zarba bir nechta yadroviy bazalar yaqinidagi hududga tekkan. Manbalarning ta’kidlashicha, portlash Homanaiyning qarorgohlaridan biriga ham zarar yetkazgan bo‘lishi mumkin.

Hozirda Eron rasmiylari tomonidan bu ma’lumotning rasmiy tasdiqlanishi yo‘q.

Eron hukumat idoralari hodisaning mumkin bo‘lgan oqibatlari haqidagi xabarlarga hali izoh bermagan.

Shuningdek, qurbonlar yoki zarar miqdori haqida rasmiy ma’lumotlar yo‘q. Hududdagi vaziyat aniqlanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Erondagi hujumga AQSH ham qo‘shilgani haqida xabar berilgandi. Qatardagi AQSH elchixonasi barcha xodimlarga zudlik bilan xavfsiz joylarda boshpana izlash buyrug‘i bergan.


Maqola muallifi

Teglar

Eron Ali Homanaiy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing