Hokimning jiyani fuqaroni mashinada urib, voqea joyidan qochib ketdimi? (video)
3-sahifa
−
16 avgust
13304Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyati Qarshi tuman hokimining jiyani yo‘l chetidagi qizni mashinada urib, voqea joyidan qochib ketgani haqida xabarlar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Qarshi tuman hokimligi munosabat bildirdi.
“Ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan xabarlar mutlaqo haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi”, deyiladi xabarda.
Bildirilishicha, voqea joriy yilning 15 avgust kuni taxminan soat 22:50 larda sodir bo‘lgan. Mirishkor tumanida yashovchi fuqaro G‘.I. Gentra rusumli avtomashinasida “Qarshi-Beshkent-Kasbi-Mirishkor” yo‘lidan harakatlanib kelib, Qarshi tumanida joylashgan “Avto Room” avtosaloni ro‘parasida yo‘lning chap tomonidan o‘ng tomoniga piyoda harakatlanib o‘tayotgan M. A. va M. O. ni urib yuborib, yo‘l-transport hodisasi sodir etgan.
Oqibatda M.A hamda M.O.lar tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.
“Tan jarohati yetkazilgan qizning onasi tomonidan e’lon qilingan videolavha esa kuchli ruhiy zo‘riqish (stress) holatida tarqatilganligi ma’lum bo‘ldi. Shu bois to‘liq yolg‘on axborot tarqatilgan. Tuman hokimining o‘rinbosari fuqaro bilan suhbatlashganda tuman hokimi tomonidan ko‘rsatilgan yordam fuqaro tomonidan noto‘g‘ri talqin qilinganligi va shu bois ham ijtimoiy tarmoqlarda tuman hokimi jiyani talqini berilganligi ma’lum bo‘lgan”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘ona viloyatida 4 nafar piyodaning umriga zomin bo‘lgan haydovchi 9 yilga ozodlikdan mahrum qilingandi.
LiveBarchasi