Hokimlik zaxirasidagi 3,5 gektar yerni 1,5 mln dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

3-sahifa

image

Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani hokimligi zaxirasidagi 3,5 gektar yerni 1,5 million dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura xabar berdi.

Bildirilishicha, fuqaro Z.J.ning O‘zbekiston Respublikasi IIVga yo‘llagan murojaatiga asosan Bosh prokuratura va IIV xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbir jarayonida fuqaro Yu.R. Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani “Yakkatut” MFY hududidagi 3,5 gektar hokimlik zaxirasidagi yer maydonini “auksion” savdolarida Bo‘stonliq tuman hokimiyatida ishlovchi tanishlari orqali fuqaro Z.J.ga hujjatlarni rasmiylashtirib olib berish uchun 1,5 million AQSH dollari talab qilib, shundan 50 ming AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.    

Ma’lum qilinishicha, mazkur holat yuzasidan Yuqorichirchiq tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi va 28,211-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Farg‘ona viloyatidagi holatda esa Dang‘ara tumani Yangizamon mahallasi hududida joylashgan “B. Metan” MCHJ rahbari A.V. fuqaro I.P.ga issiqxona uchun ajratilgan 1,3 gektar yer maydonini noqonuniy ravishda 410 ming AQSH dollariga sotishga kelishib, kelishilgan puldan 35 ming AQSH dollarini olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. 

Mazkur holat yuzasidan Dang‘ara tuman IIB tomonidan Jinoyat kodeksining 25,168-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

 


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent Bo'ston Hokimlik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing