Hokimlarga har haftada maktablardan xabar olish topshirildi

Olam

image

Tuman va shahar hokimlariga har haftada maktablardan xabar olish, kamchiliklarni bartaraf etish, muallimlar bilan yaqindan suhbat qurib, mavjud muammolarni hal etish ishlarini kuchaytirish topshirildi. Bu haqda bugun, 30 sentyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyevning ta’lim-tarbiya sohasi vakillari bilan muloqotida ma’lum qilindi.

Bildirilishicha, Prezident maktablari va ixtisoslashgan maktablar tajribasi ommalashtiriladi. Ushbu yo‘nalishda yana 1 mingta umumta’lim muassasasida Prezident maktablari va ixtisoslashgan maktablardagi baholash tizimini joriy etish boshlangan. Lekin, ularning 300 tasida moddiy-texnik baza talabga mutlaqo javob bermaydi. 

Tuman va shahar hokimlariga har haftada maktablardan xabar olish, kamchiliklarni bartaraf etish, muallimlar bilan yaqindan suhbat qurib, mavjud muammolarni hal etish ishlarini kuchaytirish topshirildi. Viloyat, tuman va shahar hokimlari oldiga yangi baholash tizimi tatbiq qilinayotgan, lekin ta’mirga muhtoj 300 ta maktabni joriy ta’mirlash va jihozlash ishlarini olti oy muddatda yakunlash vazifasi qo‘yildi.

Bundan buyon hududlarning birinchi rahbarlari faoliyatiga baho berishda ta’limning sifati, maktablardagi sharoit, o‘qituvchilarning qadr-qimmati asosiy mezonlardan biri bo‘lishi belgilandi.


Maqola muallifi

Teglar

maktab o'qituvchi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing