Hokimiyat tepasida ayollar. Deputatlikka nomzodlar ulushi o‘zgaryapti

Jamiyat

image

 Kecha, 31 oktyabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda deputatlar tomonidan “O‘zbekiston Respublikasining Saylov kodeksiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi birinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi. Unga ko‘ra, deputatlikka nomzod ayollar ulushini 40 foizgacha oshirish rejalashtirildi. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi xabar berdi. 

Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasining Saylov kodeksida ayollarning soni deputatlikka nomzodlar umumiy sonining kamida o‘ttiz foizini tashkil etishi kerakligi belgilangan.

Ushbu majlisda kodeksning 70 va 91-moddalariga o‘zgartirish kiritish va ularda nazarda tutilgan deputatlikka nomzodlar orasida ayollarning ulushini 30 foizdan 40 foizga oshirish taklif qilindi. 

Ma’lumot uchun, 2019 yildagi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga bo‘lib o‘tgan saylovlarda ayollarning deputatlikdagi ulushi 32 foizni tashkil etgan. Bu undan avvalgi, 2014 yildagi parlament saylovidagi ko‘rsatkichdan ikki baravar ko‘p edi.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev tomonidan 30 oktyabr kuni imzolangan qarorga ko‘ra, 2024/2025 o‘quv yilidan “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyiga ayollarni qabul qilish imkoniyati yaratiladi.


Maqola muallifi

Teglar

kodeks Saylov ayollar Hokimiyat Deputatlik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made