“Hizbulloh” Isroil shimolidagi harbiy nuqtalarga 6 ta hujum uyushtirdi

Olam

image

Livanning “Hizbulloh” guruhi bugun, 22 iyun kuni bosib olingan Falastin shimolidagi Isroil rejimining harbiy pozitsiyalariga 6 ta hujum tashkil etdi. Bu haqda “IRNA” nashri xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Isroil harbiy pozitsiyalariga qarshi bunday amaliyotlar “Hizbulloh”ning raketa va uchuvchisiz uchish texnikasi kuchini ko‘rsatib, rejimning yuqori darajali qo‘mondonlarini Livan janubida har qanday keskinlashuvdan ogohlantirmoqda. Manbada aytilishicha, “Hizbulloh” Isroil hududini tartibsiz tarzda nishonga olgan. Hujumda nisbatan yangi va samarali raketalar qo‘llanilgan. Hujum tashkil etilgan 6 ta ob’ekt nomi esa aytib o‘tilmagan.

“Hizbulloh” hujumlarni to‘xtatmagan taqdirda, Isroil armiyasi bosh shtabining tashkilotga qarshi quruqlik orqali urush boshlashni nazarda tutgan rejasiga asosan, mamlakatning janubiy va janubi-sharqiy hududlariga quruqlik desanti kiritish, shuningdek, Livan poytaxtini dengizdan blokada qilish reja qilingan. Isroil armiyasining zaxiradagi generali Isxak Brik rejani tanqid qilib, Livanga qarshi amaliyot arablar va Eron ishtirokidagi 6 bosqichli yalpi urushga olib kelishi, buning ortidan Isroilning o‘zi yo‘q bo‘lib ketishi mumkinligidan ogohlantirgan. 

Ma’lumot uchun, Isroilning G‘azo sektoriga hujumi boshlanganidan so‘ng, “Hizbulloh” bosib olingan hududlar shimolidagi Isroil harbiy pozitsiyalarini nishonga ola boshladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Isroilning Livan janubidagi Jouya qishlog‘iga uyushtirgan hujumi oqibatida kamida to‘rt kishi halok bo‘lgandi. Ular orasida “Hizbulloh” guruhining yuqori darajali dala qo‘mondoni ham bor edi.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil hujum Hizbulloh

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing