“Hisorak” suv ombori bilan bog‘liq yolg‘on xabarlar tarqatganlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda “Hisorak” suv ombori bilan bog‘liq holat haqida yolg‘on xabarlar tarqatgan fuqarolarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.

Bildirilishicha, kecha, 10 iyun kuni Shahrisabz tumanidagi “Hisorak” suv ombori haqida internet ijtimoiy tarmog‘ida ba’zi fuqarolar yolg‘on axborot tarqatib, odamlarning tinchini buzib, fuqarolarning huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlariga zarar yetkazilishiga sababchi bo‘lgan.

Mazkur holat bo‘yicha  Shahrisabz tumanida yashovchi  D.Umirova, N. Amanova va boshqalarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining  2446-moddasi 3-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. 

"Internet ijtimoiy tarmog‘ida tarqalgan soxta yolg‘on xabarlarga ishonmasliklarini va rasmiy ijtimoiy tarmoqlarda mas’ullar tomonidan berilgan ma’lumotlarga e’tibor qaratishlarini so‘rab qolamiz. Qonunni bilmaslik jazodan ozod etmaydi", deyiladi xabarda.      


Maqola muallifi

Teglar

Qashqadaryo Hisorak

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made