Hisob tenglashdi: Rossiya ham Norvegiya diplomatlarini chiqarib yubormoqda

Olam

image

Rossiya Norvegiyaning o‘n nafar diplomatini persona non grata deb e’lon qildi. Bu haqda “NRK” xabar berdi

Qayd etilishicha, ushbu xabar Rossiya va Norvegiya Tashqi ishlar vazirliklari tomonidan tasdiqlangan. Bugun, 26 aprel kuni Toshkent vaqti bilan soat 13:00 da Norvegiya elchisi Robert Kvile Rossiya Tashqi ishlar vazirligiga chaqirilgan. Uchrashuvda Norvegiyaning Rossiyadagi 10 diplomati nomaqbul shaxs deb e’lon qilingan va ularga bir necha soat ichida Rossiyani tark etishlari kerakligi aytilgan. 

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi ushbu qarorni Osloning yaqinda 15 nafar Rossiya diplomatini “quvishiga” nisbatan javob deb hisoblayotgan bo‘lsa, Norvegiya buni Rossiyaning “qasosi” deb baholayapti. 

Norvegiya Tashqi ishlar vazirligi vakilining ta’kidlashicha, diplomatlar razvedka faoliyatini olib borish hamda diplomatik faoliyat to‘g‘risidagi Vena konvensiyasi qarorini buzganlikda ayblanmoqda. Biroq vazirlik vakili mamlakatning diplomatik xodimlari qoidalar bo‘yicha faoliyat yuritganini aytyapti. 

Eslatib o‘tamiz, shu yilning 13 aprel kuni Norvegiya Rossiyaning 15 diplomatini persona non grata deb e’lon qilgan edi. Kecha, 25 aprel kuni esa Shvetsiya Rossiyaning besh diplomatini “haydab” chiqardi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Norvegiya persona non grata

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing