Hisob palatasi raisiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Jamiyat
−
30 Sentabr 2024 5827 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Bildirilishicha, Otabek Valijonovich Allaberganov va Sardor Alisherovich Mirzayev Hisob palatasi raisi o‘rinbosari etib tayinlangan.
Otabek Allaberganov tayinlovga qadar Kadastr agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan. Sardor Mirzayev esa Hisob palatasi Ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash xarajatlarini audit qilish shu’basi mudiri bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Behzod Bahodir o‘g‘li Sobirov “O‘ztransgaz” AJ Boshqaruv raisining qurilish va transport bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlangandi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr