Pentagonda jiddiy ko‘lamdagi qing‘irliklar aniqlandi

Olam

image

AQSHning Hisob palatasi Pentagonda (AQSH Mudofaa departamenti) sodir bo‘lgan moliyaviy qing‘irliklarning hajmini aniqlab bo‘lmasligini bildirgan holda, ularni “potensial ravishda katta” deb atadi va Mudofaa departamentini firibgarlik xavflarini boshqarish borasidagi islohotlarni jadallashtirishga chaqirdi. Bu haqda Hisob palatasining hisoboti e’lon qilindi.

“Pentagon faoliyatiga ta’sir qilayotgan firibgarlikning to‘liq miqyosi noma’lum, biroq bu jiddiy bo‘lishi mumkin. So‘nggi yetti yil ichida tasdiqlangan firibgarlik holatlari 11 milliard dollarni tashkil etdi – bu esa xavflarning atigi kichik bir qismini tashkil qiladi”, deyiladi hisobotda.

2019 yildan beri Hisob palatasi Pentagonga 17 tavsiya bergan bo‘lsa-da, shulardan atigi 4 tasi amalga oshirilgani qayd etilgan.

“Masalan, firibgarlik xavflarini boshqarishga oid, xususan, ma’lumotlar tahlili asosida oldini olish, aniqlash va choralar ko‘rish bo‘yicha tavsiyalarni joriy etish orqali vazirlik 100 million dollar va undan ko‘proq mablag‘ni tejashi mumkin”, deyiladi hujjatda.

Palata auditorlari ilgari aniqlagan bir holatni ham eslatib o‘tgan: Pentagon soxta kompaniyadan yaroqsiz ehtiyot qismlar xarid qilgan va bu 47 ta qiruvchi samolyotning parvozlarini to‘xtatishga sabab bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Hisob palatasi Pentagon moliyaviy qing'irlik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing