Hisob palatasining yangi raisiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Jamiyat
−
20:18 1543 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisi Alisher Samadovga 2 nafar yangi o‘rinbosar tayinlandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari tegishli farmoyishlarni imzoladi.
Xususan, Ulug‘bek Mirkamalovich Aripov O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisining komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Komplayens xizmati sho‘ba mudiri lavozimidan ozod etilgan.
Shuningdek, Jamshid Jahongirovich Mirzayev O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisining o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan.
Bundan tashqari, Otabek Valijonovich Allaberganov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisining o‘rinbosari lavozimidan ozod etilgan.
Sardor Alisherovich Mirzayev esa O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Komplayens xizmati sho‘ba mudiri lavozimiga tayinlangan va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisining o‘rinbosari lavozimidan ozod etilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Alisher Bahodirovich Samadov O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisi lavozimiga tayinlangani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi