Hindistonda yo‘llardagi halokatlar soni tashvishli darajada

Olam

image

Hindistonda 2023 yilda 480 mingtadan ortiq yo‘l-transport hodisalar sodir bo‘lgan. Ular oqibatida 172 ming nafardan ziyod shaxs halok bo‘lgan. Bu haqda VVS xabar berdi.

Halokatlar darajasi:

  • Har uchinchi YTH qurbonlarga sabab bo‘lmoqda
  • YTHlarda kuniga 474 nafar, har daqiqada esa 3 nafar odam haloq bo‘lmoqda
  • 35 ming piyoda o‘lgan
  • Ko‘plab velosiped va mototsikl minganlar halok bo‘lgan
  • 10 ming nafar bola baxtsiz hodisalar oqibatida hayotdan ko‘z yumgan

Hindistonda YTHlar nima sabab sodir bo‘lgan?

Transport vaziri ta’kidlashicha, YTHlar sababi ko‘p, biroq asosiysi inson omili.
YTHlar aksar qismi tez va xavfli haydash sabab sabab bo‘lgan.

Qolaversa, avtoulovlar eskirgan holati va texnik jihatidan xavfsizlik talablarga javob bermaganligi ham muhim omillardan biri.

Halokatlar ko‘pligi nima bilan bog‘liq? 

  • 54 ming velosiped va mototsikl minganlar shlem kiymagan
  • 16 ming haydovchi va yo‘lovchi xavfsizlik kamarini taqmagan
  • 34 ming vafot etgan haydovchi haydovchilik guvohnomasiz bo‘lgan

YTHlar sodir bo‘lishiga yo‘l infratuzilmasidagi kamchiliklar ham jiddiy omil sifatida ta’sir etmoqda. Jumladan:

  • sifatsiz va talablarga javob bermaydigan yo‘l qoplamalari;
  • yo‘l belgilari va chiziqlarning yetarli emasligi yoki noto‘g‘ri o‘rnatilganligi;
  • bordyur, to‘siq va boshqa xavfsizlik vositalarining yetishmasligi yoki o‘rnatilishdagi kamchiliklar.

YTHlar oqibatlarini bartaraf etish xarajatlari Hindiston YAIMning 3 foiziga teng.

YTHlar oldini olish maqsadida quyidagi choralar ko‘rilishi belgilangan: 

  1. yo‘llarning muhandislik jihatdan yaxshilanishi;
  2. texnik nazorat va standartlar;
  3. aholini xabardor qilish, profilaktika.
  4. qonunlarni qat’iy ijro etish;
  5. tez tibbiy yordam tizimini takomillashtirish.

Xulosa o‘rnida shuni qayd etish joizki, O‘zbekistonda ham YTHlar jiddiy muammolar qatorida. Ular asosan tezlikni oshirish, xavfli haydash, qoidalarga rioya qilmaslik tufayli sodir bo‘ladi. Yo‘l belgilari va xavfsizlik vositalarini o‘rnatishdagi kamchiliklar ham bu jarayonga qisman ta’sir ko‘rsatmoqda.

Biroq YTHlar soni yil sayin kamaymoqda: 2021 yilda – 10 001, 2022 yilda – 9 902, 2023 yilda – 9 839, 2024 yilda – 9 364 YTHlar qayd etilgan. Avtotransport vositalari soni ortib borayotganini inobatga olsak, mamlakatimizda yo‘l harakat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha to‘g‘ri yondashuv tanlangan deb aytolamiz.

Haydovchilik kurslari sifati ustidan nazoratni kuchaytirish; tezlik cheklovlari joriy etilishi, kameralar va nazorat vositalarining o‘rnatilishi ma’lum darajada ijobiy ta’sir bermoqda.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

YTH O'zbekiston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing