Hindistonda koronavirusga chalingan bemorda “yashil mog‘or” aniqlandi
Olam
−
17 iyun 2021
5370Hindistonning Induar shahrida koronavirusga chalingan bemorda zamburug‘ kasalligi — “yashil mog‘or” aniqlandi. Bu haqda “Hindustan Times” gazetasi Madhya-Pradesh shtati Sog‘liqni saqlash departamenti vakillariga iqtibos keltirgan holda xabar bermoqda.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bu mamlakatda “yashil mog‘or” kasalligining birinchi holatidir. Ta’kidlanishicha, 34 yoshli erkak so‘nggi bir yarim oy davomida shifoxonada davolanmoqda, uning o‘pkalari infeksiya bilan 90 foiz zararlangan.
Induar fuqarosi koronavirusdan tuzalgach, burnidan qon keta boshlagan va isitmasi ko‘tarilgan. Shifokorlar u mukormikoz yoki “qora mog‘or” kasalligiga chalingan deb taxmin qilgan. Ammo tekshiruv natijasida “yashil mog‘or” — zamburug‘ kasalligining aspergillez varianti aniqlangan. Hozirda erkak Mumbaydagi tibbiy muassasada davolanmoqda.
Avvalroq, Hindistonda “qora mog‘or”ga chalingan va undan vafot etganlar soni ortayotgani haqida xabar bergandik.
Eslatib o‘tamiz, Hindistonda “oq mog‘or”, “qora mog‘or” va “sariq mog‘or” tarqalishi qayd etilgan.
LiveBarchasi