Hindistonda futbol o‘yini oldidan portlash yuz berdi (video)
Sport
−
19 fevral 2025 4788 1 daqiqa
Hindistonda futbol o‘yini oldidan petarda portlashi oqibatida 30 dan ortiq odam jarohatlandi. Bu haqda NDTV telekompaniyasi xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, voqea joriy yilning 17 fevral kuni sodir bo‘lgan. Futbol maydonida petardalardan foydalanish natijasida ular portlab, odamlar o‘tirgan tribunaga sochilib ketgan. Hindiston politsiyasi bu voqea bo‘yicha bayonot bilan chiqdi.
“Politsiya Kerala shtatining Malappuram shahridagi futbol maydonida petarda portlashi oqibatida 30 dan ortiq kishi jarohatlanganini ma’lum qildi," deyiladi bayonotda.
Qayd etilishicha, barcha jabrlanganlar yaqin oradagi shifoxonaga yetkazilgan. Ammo jiddiy jarohatlar haqida xabar berilmagan.
Live
BarchasiPutin To‘qayev bilan ham telefonlashdi
21 sentabr
Qashqadaryoda 2300 yillik ossuariy topildi
21 sentabr