Hindistonda devor qulashi oqibatida 10 ga yaqin odam halok bo‘ldi

Olam

image

Hindistonning Haydarobod shahrida yonma-yon binolarning devori qulashi oqibatida kamida to‘qqiz kishi vafot etgan. Ular orasida yosh bolalar ham bor. Bu haqda NDTV telekanali ma’lum qildi. 

Manbaga ko‘ra, voqea kecha, 13 oktyabr kuni kechqurun sodir bo‘lgan. Yomg‘ir yog‘ishi oqibatida kelib chiqqan toshqin tufayli devor qulagan. Voqea joyida qutqaruv-qidiruv ishlari olib borilgan.

So‘nggi uch kun ichida Haydarobod shahri joylashgan Telangana shtatida va unga qo‘shni Andxra-Pradesh shtatida kuchli musson yomg‘irlari yog‘moqda. Natijada suv toshqini kelib chiqqan va bir necha hududlarni suv bosgan.

Haydarobodda ko‘chalarni suv bosgani sababli avtomobillar harakatlana olmayapti. 

Kuchli yomg‘ir binolarni suv bosishiga sabab bo‘lgan, bu esa devorlarning qulashiga olib kelgan.Ta’kidlanishicha, bir kun oldin Telanganada sodir bo‘lgan shunga o‘xshash hodisada ikki kishi halok bo‘lgan. 

Ma’lumot uchun, meteorologlar yomg‘irlar davom etishi mumkinligidan ogohlantirmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

devor Hindistond

Baholaganlar

32

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made