Pokistonda 11 kishi devor ostida qolib, halok bo‘ldi
Olam
−
20 iyul 2023
2969Pokistonda 11 kishi devor qulashi oqibatida halok bo‘ldi. Bu haqda “The Nation” nashri xabar berdi.
Keltirilishicha, kecha, 19 iyul kuni Pokistonning Golra Morr hududida devor kuchli yomg‘ir yog‘ishi sababli namiqib, qulab tushgan.
Voqea joyiga qutqaruv guruhlari yetib borib, og‘ir texnikalar yordamida 11 kishining jasadini devor ostidan olib chiqqan. Qulagan devorning balandligi 3-4 metrga yetishi aytilmoqda. Qurbonlar soni ortishi bo‘yicha xavotirlar bor.
Ma’lumot o‘rnida, hozirda Pokiston bo‘ylab kuchli yomg‘ir yog‘moqda. Ba’zi hududlarda yashovchilardan suv sathining ko‘tarilishi sababli uylarini tark etish so‘ralgan.
Ayni paytda keskin ko‘tarilayotgan suv sathi tufayli armiya va boshqa bo‘linmalar shay holga keltirilgan.
LiveBarchasi