Bayden Meksika bilan chegarada devor qurilishini to‘xtatdi

Olam

image

AQSHning yangi Prezidenti Jo Bayden Trampning eng yirik loyihalaridan biriga nuqta qo‘ydi: AQSHning Meksika bilan chegarasida devor qurilishini moliyalashtirish to‘xtatildi, u yerda 2019 yildan beri amal qilib kelayotgan favqulodda holat bekor qilindi. Bu haqda bugun, 11 fevral kuni Oq uyning rasmiy veb-saytida ma’lum qilingan.

“Men janubiy chegarada favqulodda holat e’lon qilinishi asossiz degan xulosaga keldim”, deyiladi Prezident tomonidan AQSH Vakillar Palatasi Spikeri Nensi Pelosiga yuborilgan xatda.

Maktubga ko‘ra, Baydenning ma’muriyati AQSH soliq to‘lovchilarining mablag‘larini Meksika bilan chegarada devor qurish uchun sarflanishiga yo‘l qo‘ymaydi. Ushbu loyiha uchun ajratilgan barcha resurslar to‘liq qayta ko‘rib chiqiladi. 

Eslatib o‘tamiz, AQSHning Meksika bilan chegara hududida devor qurilishi mamlakatning 45-Prezidenti Donald Trampning g‘oyasi edi. U 2019 yilning fevralida mamlakatning janubiy qismida favqulodda holat joriy qilinishi, so‘ngra devor qurilishi uchun Pentagon fondidan 2,5 milliard dollar miqdorida summa ajratilishiga erishgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Tramp devor Meksika Bayden

Baholaganlar

112

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing