Finlyandiya Rossiyadan devor bilan himoyalanmoqchi

Olam

image

Kecha, 14 aprel kuni Finlyandiya Rossiya bilan chegarasidagi devorning 75 kilometrlik qismini qurishni boshladi. Bu haqda “Reuters” nashri xabar berdi.

Finlyandiya 2021 yilning qishidagi Polshada – Yevropa Ittifoqining sharqiy chegarasida ro‘y bergan voqealar takrorlanishining oldini olishni maqsad qilgan. O‘shanda blok Rossiyaning ishonchli ittifoqchisi bo‘lgan qo‘shni Belarusni Yaqin Sharqdan muhojirlarni olib kirish, ularga vizalar berish va inqirozni yaratishda ayblagan.

O‘tgan yili Finlyandiya chegarasida 30 marta noqonuniy buzib o‘tish holati aniqlangan, rossiyalik chegarachilar Finlyandiyaga 800 ga yaqin kirish holatlarini to‘xtatgan.

“Finlyandiya-Rossiya chegarasida vaziyat hozir barqaror”, deydi Chegara qo‘riqlash xizmati brigadasi generali Yari Tolppanen.

Manbaga ko‘ra, po‘lat to‘rdan yasalayotgan chegara devorining balandligi 3 metr bo‘lib, uning tepasida tikanli sim o‘rnalitiladi. Panjara tungi videokuzatuv rejimi, muhim hududlarni yoritish chiroqlari va dinamiklar bilan jihozlanadi.

Finlyandiya devorni 2026 yil oxirigacha o‘z chegarasining eng muhim qismlarining 200 kilometrini (125 milya) kesib o‘tishini rejalashtirgan.

Ma’lumot uchun, 2022 yilning fevralida Polsha va Boltiqbo‘yi davlatlari Ukrainaga bostirib kirgan Rossiya va Belarus bilan chegaralarida to‘siqlar o‘rnatishga kirishgan. Hozirgacha Finlyandiya-Rossiya chegarasi keng o‘rmonlarda oddiy chiziq va past simli panjaralar bilan ajratilgan. Bu panjaralar uy hayvonlari va qoramollarni to‘xtatib qo‘yar edi, lekin odamlarni emas.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 4 aprelida Finlyandiya NATOga 31 a’zosi sifatida qabul qilingan edi.

Shohjahon Majitov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Rossiya devor Finlandiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing