Toshkentda qurilish vaqtida devor qulab, qabrlarni bosib qoldi (video)
3-sahifa
−
12:57 1590 1 daqiqa
Toshkent shahridagi Botkin qabristonida qurilish ishlari vaqtida devor qulab tushishi oqibatida bir nechta qabr toshlariga shikast yetdi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi xabar berdi.
Dastlabki o‘rganishlarga ko‘ra, sobiq shampan vinolari zavodi hududida olib borilayotgan qurilish ishlari vaqtida ob’ektni Botkin qabristonidan ajratib turuvchi devor qulab tushgan. Oqibatda 15-sektorning so‘nggi qatoridagi bir nechta qabr toshlariga shikast yetgan. Qabrlarning o‘zi ochilib qolmagan.
Qayd etilishicha, Toshkent shahar hokimligi va Shahar obodonlashtirish boshqarmasi vaziyatni nazoratga olgan.
Shuningdek, hodisa tafsilotlari va mas’ul shaxslarning xatti-harakatlariga huquqiy baho berilishi bildirilgan. Aybdorlar esa belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
“Biz marhumlar yaqinlarining qayg‘u va e’tirozini to‘g‘ri tushunamiz. O‘tganlar xotirasi hamda ularning yaqinlari his-tuyg‘ulariga hurmat so‘zsiz bo‘lishi shart”, deyiladi xabarda.
Ma’lum qilinishicha, buyurtmachi va pudratchi tashkilotga devor qulash oqibatlarini bartaraf etish hamda shikastlangan qabr toshlarini qayta tiklash majburiyati yuklatilgan.
Live
Barchasi