Hindiston O‘zbekistonga koronavirusga qarshi dorilarni yetkazib berdi
Jamiyat
−
23 iyul 2020 17300 1 daqiqa
Hindistondan Toshkentga "O‘zbekiston havo yo‘llari" aviakompaniyasining samolyoti bilan insonparvarlik yuki yetkazib berildi. Bu haqda O‘zbekistonning Hindistondagi elchixonasi ma’lum qildi.
Insonparvarlik yordami tibbiy vositalarni, jumladan COVID-19 infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolashda samarali hisoblangan 7 millionga yaqin tabletkalarni o‘z ichiga oldi.
O‘zbekistonga dori-darmonlarning bepul taqdim etilishi O‘zbekistonning Hindistondagi elchixonasi tomonidan ushbu mamlakatning Kimyoviy mahsulotlar va o‘g‘itlar vazirligi qoshidagi Farmatsevtika sanoati departamenti bilan birgalikda ishlab chiqildi.
Umumiy og‘irligi 5 tonnadan ortiq yuk O‘zbekistonning tegishli idoralariga topshirildi.
Shuni alohida qayd etish kerakki, Hindiston dunyoda farmatsevtika sohasi eng rivojlangan davlatlardan hisoblanadi. Ko‘plab dorilar va ularning xomashyolari aynan Hindistonda tayyorlanadi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr