Hindiston Rossiya bilan savdoni uzmoqda – OAV
Olam
−
31 iyul 15177 1 daqiqa
Hindistonning davlatga qarashli neftni qayta ishlash zavodlari o‘tgan haftadan boshlab Rossiyadan neft xarid qilishni to‘xtatdi. Bu haqda sanoatdagi manbalariga tayanib, “Reuters” xabar berdi.
Ushbu qaror AQSH Prezidenti Donald Trampning Rossiyadan neft xarid qilayotgan davlatlarga qarshi jazo choralari haqida bergan ogohlantirishlari fonida qabul qilingan.
Kamida to‘rtta yirik davlat kompaniyasi – Indian Oil Corp, Hindustan Petroleum Corp, Bharat Petroleum Corp va Mangalore Refinery Petrochemical Ltd Rossiyadan yangi partiyalar xaridini amalga oshirmagan. Ular o‘rniga neftni spot bozorlar orqali, asosan Abu-Dabidan Murban markali va G‘arbiy Afrikadan kelayotgan navlar bilan almashtirishga o‘tgan.
Ma’lumot uchun, Hindiston dunyodagi uchinchi yirik neft xaridori hisoblanadi va Rossiyadan dengiz orqali eng ko‘p neft import qiluvchi mamlakat sanaladi.
Eslatib o‘tamiz, Donald Tramp 14 iyul kuni Rossiya Kiyev bilan tinchlik kelishuviga erishmasa, ushbu mamlakatdan neft xarid qilayotgan davlatlarga 100 foizli boj joriy etishini aytgandi. 29 iyul kuni esa u Rossiyaga bosim o‘tkazish maqsadida 10 kun ichida natija bo‘lmasa, bojlar kuchga kirishini ma’lum qildi. Qolaversa, Hindistonga 1 avgust kunidan boshlab 25 foizlik bojlar kuchga kiradigan bo‘ldi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr