Hindiston musulmonlarni Bangladeshga majburan chiqarib yuboryapti – OAV

Olam

image

Hindiston hukumati mamlakatdagi musulmon fuqarolarini Bangladeshga noqonuniy ravishda deportatsiya qilmoqda. Bu haqda “The Guardian” xabar berdi.

Nashrning yozishicha, ushbu amaliyot “begona”lar – ya’ni boshqa millat va din vakillariga qarshi ommaviy ta’qiblarga olib kelishi mumkin. Bundan tashqari, Bangladesh chegarachilari chiqarib yuborilganlarni qabul qilmayapti va ularni orqaga qaytarmoqda.

Huquqni himoya qiluvchi tashkilotlarning ma’lumotiga ko‘ra, so‘nggi haftalarda Hindiston politsiyasi butun mamlakat bo‘ylab minglab odamlarni – asosan musulmonlarni Bangladeshdan noqonuniy ravishda kirganlikda gumon qilib hibsga olgan. Ko‘pincha, ularga nisbatan huquqiy jarayonlar amalga oshirilmagan va ular Bangladeshga chiqarib yuborilgan.

Advokatlarning so‘zlariga ko‘ra, deportatsiya qilinganlar orasida Hindiston fuqarolari ham bo‘lgan. Ayrim hollarda, chegaradan chiqishga qarshilik qilganlarga Hindistonning chegara xizmati qurol bilan tahdid qilgan.

Bangladesh chegarachilarining ma’lumotlariga ko‘ra, shunga o‘xshash 200 nafarga yaqin inson qaytib yuborilgan, chunki ularning Hindiston fuqarosi ekani aniqlangan. Ular orasida uzoq va qiyin yo‘lni bosib o‘tib, uyiga qaytganlar ham bor.

Bangladesh Tashqi ishlar vazirligi ushbu masala yuzasidan Hindistonga rasmiy murojaatlar bilan xatlar yuborgani va chegara orqali odamlarni o‘tkazishdan oldin kelishuv talab etilishini ta’kidlagan. Ammo bu murojaatlarga Hindiston tomoni javob bermagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Hindiston aholisi hozirda taxminan 1,5 milliard kishini tashkil etgani, kelajakda esa bu raqam yana 200 millionga oshishi kutilayotgani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Hindiston Bangladesh musulmon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing