Hindistonda COVID-19 kasalligini nazorat qilish uchun majburiy ilova joriy qilinadi

Texnologiya

image
Hindistonda COVID-19 alomatlari yozilgan 5000 yillik ma’lumot topildi north_east

Hindistonda COVID-19 alomatlari yozilgan 5000 yillik ma’lumot topildi

Hindiston hukumati barcha xususiy va davlat kompaniyalari xodimlari uchun yangi koronavirus infeksiyasining tarqalishini nazorat qilish uchun mobil dasturni o‘rnatishni majbur qiladi. Bu haqda kecha, 2 may kuni “Reuters” xabar berdi.

Aprel oyi so‘ngida Hindiston hukumati Bluetooth va GPSʼda ishlaydigan Aarogya Setu mobil ilovasini ishga tushirdi. Ushbu ilova smartfon foydalanuvchilarining barcha aloqalarini kuzatib boradi va yaqinda suhbatdoshlardan birida koronavirus infeksiyasi aniqlangan taqdirda foydalanuvchilarni ogohlantiradi.

Joriy yilning 1 may kuni Hindiston hukumati koronavirus infeksiyasining tarqalishiga qarshi cheklovlarni uzaytirdi. Shu bilan birga, hukumat kasallik yuqtirish darajasi past bo‘lgan mintaqalarda bir qator cheklovlarni olib tashlash mumkinligini ta’kidladi.

Cheklovlarning qisman olib tashlanishi munosabati bilan Hindiston Ichki ishlar vazirligi Aarogya Setu dasturidan foydalanish xususiy kompaniyalar va davlat korxonalari xodimlari uchun majburiy bo‘lib qolishini aytdi. Ushbu qarorning bajarilishi uchun javobgarlik kompaniya rahbarlariga yuklatiladi.

Hindiston fan va texnologiyalar vazirligining ma’lum qilishicha, hozirgi vaqtda Aarogya Setu ilovasi mamlakatdagi 83 million smartfonga o‘rnatildi. Mutaxassislarning fikricha, ushbu ilova samaradorligi uchun Hindistonda kamida 200 million kishi undan foydalanishi kerak.

Avvalroq, O‘zbekistonda ham “Birga Yengamiz” ilovasi ishga tushirilishi haqida xabar bergan edik. Ilovaning vazifasi Hindistondagi ilova vazifasi bilan o‘xshash. Shuningdek, Kanadaning Alberta provinsiyasi hukumati ham ABTraceTogether deb nomlangan yuqoridagi ilovalarning analogini ishga tushirgandi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Hindistonda koronavirus bilan bog‘liq 39 980 ta holat aniqlangan. Kasallanganlarning 10 819 nafari sog‘aygan, 1 323 nafari esa vafot etgan. Mavjud bemorlar soni 27 838 kishini tashkil qilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus Hindistonda Ilova

Baholaganlar

58

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing