JSST koronavirus tarqalishini boshqarishda yordam beradigan ilovani ishga tushirdi
Texnologiya
−
09 may 2020
6585Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) shu oyda test tizimi rivojlanmagan mamlakatlardagi odamlar uchun koronavirus alomatlarini baholash imkonini beradigan ilovani ishga tushiradi. Bu haqda "Rambler" nashri xabar qilmoqda.
Ta’kidlanishicha, ilovada foydalanuvchilar ularda kuzatilayotgan alomatlar haqida savollarga javob berishlari va koronavirus bo‘yicha tavsiyalar olishlari mumkin. Shuningdek, dastur foydalanuvchiga virusni qayerda va qanday tekshirishi mumkinligi haqida ma’lumot beradi.
Tashkilot vakillari aytishlaricha, ular Bluetooth asosida kasallangan odamlar bilan foydalanuvchining aloqa qilganini kuzatish funksiyasini qo‘shishni ko‘rib chiqmoqdalar. Bundan tashqari, har qanday mamlakat hukumati JSST dasturiga asos bo‘lib, kerakli funksiyalarni qo‘shishi va o‘z versiyasini ishlab chiqishi qilishi mumkin.
Hozircha, Hindiston, Avstraliya va Buyuk Britaniya yuqumli kasalliklarga qarshi kurashda yordam berishi kerak bo‘lgan rasmiy dasturlarini ishga tushirishdi. O‘zbekiston ham “Birga yengamiz“ nomli ana shunday dasturni ishga tushirish arafasida.
LiveBarchasi