Hindistonda koronavirusga chalinganlar soni yarim milliondan oshdi

Olam

image

Hindistonda bir kunda koronavirus infeksiyasi aniqlangan holatlar soni 18,5 mingga oshdi va 508 953 tani tashkil etdi. Bu haqda mamlakatning Sog‘liqni saqlash va oilalarni farovonlashtirish vazirligi xabar bermoqda.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda 197 387 bemor infeksiyadan davolanmoqda. 295 880 kishi esa undan sog‘aygan. Koronavirus oqibatida 15 685 vafot etdi.

Kecha, 26 iyun kuni ma’lum qilinishicha, kasallikning 490 401 holati (kuniga 17,2 mingtaga ko‘payishi), bir kun oldingi 473 105 kasallik qayd etilgan (kuniga 16,9 ming) sanaga nisbatan ko‘pdir.

Jon Xopkins universiteti hisob-kitoblariga ko‘ra, Hindiston holatlar soni bo‘yicha dunyoda Buyuk Britaniya, Italiya va Ispaniyadan oldinda, to‘rtinchi o‘rinda bormoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus Hindistonda

Baholaganlar

80

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing