Hindistonda koronavirusdan vafot etganlarning jasadi tiriklar yoniga joylashtirilgan – OAV

Olam

image

Mumbaydagi Siona kasalxonasida koronavirusdan vafot etganlarning qora paketlarga o‘ralgan jasadlari boshqa bemorlarning yonida joylashtirilgan. Bu haqda “The Guardian” nashri yozgan.

Bu jamoatchilikning g‘azabiga sabab bo‘ldi. Aksariyat aholining aytishicha, agar bu yana davom etsa, mamlakat shtatlari pandemiyaga duchor bo‘lishi mumkin. Mamlakatda koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha rasmiy ma’lumotlar Yevropa va Qo‘shma Shtatlardagi holatlarga nisbatan va aholi sonini hisobga olgan holda pastligicha qolmoqda.

Kasalxona rahbari Pramod Ingale qurbonlarning oilalari yaqinlarining jasadlarini olib ketmaganligini, shu sabab ular palatalarda qolganligini, o‘likxonada joy yo‘qligini ma’lum qilgan.

Tibbiy qoidalarga ko‘ra, Covid-19 kasalligi bilan vafot etgan bemorning jasadi o‘lim e’lon qilinganidan 30 minut o‘tgach, izolyatsiya qilinishi kerak.

Keyinchalik doktor Ingale lavozimidan chetlatilgan.

“Muammoning mohiyati bemorlarning oila a’zolari o‘zini tutishidadir. Agar bemorning ahvoli og‘ir bo‘lsa, biz qarindoshlarni chetga olib, ularga qo‘rqmaslikni aytamiz. Odamlar kasallik haqida va tanani qanday qilib xavfsiz ravishda saqlash va ko‘mish kerakligini bilishlari kerak. Biz ularga bu yerda mashq o‘tishimiz lozim” dedi kasalxonaning yangi rahbari doktor Ramesh Bxarmal.

Mumbay Hindistonning eng ko‘p zarar ko‘rgan shtati bo‘lib, bu yerdagi 22 171 dan oshiq odam koronavirusni yuqtirib olgan va 832 kishi infeksiyadan vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus Hindistonda

Baholaganlar

664

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing