Osiyoda koronavirusning yangi o‘chog‘i paydo bo‘lmoqda

Olam

image

Hindistonda pandemiya boshlangandan beri koronavirus infeksiyasi aniqlangan holatlar soni 440 215 tani tashkil qilmoqda. 23 iyun holatiga ko‘ra, o‘tgan bir sutka ichida koronavirusga chalingan 15 ming kishi aniqlandi. Bu haqda mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda. 

Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, 22 iyun kuni mamlakatda kasallikning 425 282 holati qayd etilgan, 23 iyun kuni bu ko‘rsatkich qariyb 15 ming bemorga ko‘paygan.

Statistikaga ko‘ra, Hindiston yuqumli kasallik tarqalishi bo‘yicha barcha davlatlar orasida Italiya, Ispaniya va Buyuk Britaniyani ortda qoldirib, to‘rtinchi o‘rinni egalladi.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, Hindiston koronavirus infeksiyasining Osiyodagi navbatdagi o‘chog‘i bo‘lishi ehtimoli yaqin. Bunga bir qator omillar sabab etib ko‘rsatilgan – aholi orasida kambag‘al qatlamning tibbiy xizmatlarga bo‘lgan ehtiyoji, karantin qoidalariga amal qilmaslik va davlat tomonidan pandemiya choralariga yetarlicha ahamiyat bermaslik.

Hindistondagi Qizil yarim oy jamiyati ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakat janubidagi aholi vakillari koronavirusdan yetarlicha himoya qilinmagan. Gigiyena nuqtai nazaridan turmush tarzining o‘zgarmasligi, mamlakatning bu hududida infeksiyadan zararlanish hajmini oshirib yuboradi, deyiladi tashkilot izohida.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus Hindistonda

Baholaganlar

449

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing