Hindistonda kambag‘allar koronavirus uchun bepul test topshiradi

Olam

image
Hindistonda kaltak, Braziliyada suv bilan. Karantinni buzuvchilar qanday jazolanmoqda? (fotoreportaj) north_east

Hindistonda kaltak, Braziliyada suv bilan. Karantinni buzuvchilar qanday jazolanmoqda? (fotoreportaj)

Hindiston Respublikasi Oliy sudi koronavirus pandemiyasi vaqtida aholining kambag‘al qatlami koronavirusga bepul test topshirishi haqida qaror chiqardi. Qarorga muvofiq mamlakatdagi xususiy klinikalar ham kambag‘allar uchun bepul test o‘tkazishi talab etiladi.

Ta’kidlanishicha, ushbu imtiyoz aynan kimlarga taalluqli ekanini Hindiston hukumati hal qiladi. Ushbu imtiyozga 200 millionga yaqin fuqaro da’vogarlik qilmoqda.

Agar koronavirus maxsus laboratoriyasiga imtiyozga ega bo‘lmagan shaxs kelsa, unda uni bepul sinovdan o‘tkazish shart emas. Ular tahlil qilish uchun mijozdan to‘rt yarim ming rupiy so‘rashlari mumkin.

Ma’lumot uchun, Hindistonda odamlarni koronavirus uchun sinovdan o‘tkazish bilan bog‘liq muammo yuzaga keldi. 8 aprel kuni Hindiston Oliy sudi barchaga, shu jumladan, aholining boy qatlamiga ham bepul test sinovlarini va’da qildi. Ammo yuqorida ko‘rib chiqilganidek, qarorga tuzatish kiritildi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Hindistonda koronavirus bilan bog‘liq 10 453 ta holat aniqlangan. Kasallanganlarning 1 181 nafari sog‘aygan, 358 nafari esa vafot etgan.

 

Maqola muallifi

Teglar

Kambag'allik Sinov Koronavirus Hindistonda

Baholaganlar

36

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing