Pandemiyada kambag‘allik ko‘paymadi, hech kim qashshoqlikka tushmagan – Bosh vazir o‘rinbosari

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari – Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri Jamshid Qo‘chqorov pandemiya davrida O‘zbekistonda olib borilgan ijtimoiy–iqtisodiy siyosat natijasida kambag‘allik ko‘paymaganini ma’lum qildi. Unga ko‘ra, mamlakatda aholining birorta qatlami qashshoqlikka tushmagan

“Bu soha bo‘yicha 2020 yilda qilingan ishlardagi eng katta natija, deb shuni aytish mumkinki, pandemiya sharoitida olib borilgan ijtimoiy–iqtisodiy siyosat mamlakatda kambag‘allikning ko‘payishiga yo‘l qo‘ymadi. Eng asosiysi, qashshoqlikni keltirib chiqarmadi. Shuning uchun, qashshoqlikka aholining birorta qatlami tushmadi”, deydi Bosh vazir o‘rinbosari.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 29 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi bo‘lib o‘tdi. Murojaatnoma davomida Prezident aholi orasidagi kambag‘al qatlamni aniqlash va uni maksimal qisqartirish haqida gapirdi.

Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev Murojaatnoma davomida Prezident Bosh vazir o‘rinbosarlarini keskin tanqid qildi.

“Endi Bosh vazir o‘rinbosari bo‘lib, chiroyli bo‘lib yuradigan zamon o‘tdi. Bosh vazir o‘rinbosari bo‘ldingmi, xalqimiz ishondimi, Prezident senga ishondimi, aravani tortgin. Tortolmasang, ket. Kabinetda o‘tiradigan zamon tugadi. Har bir vazirlikdagi vazir o‘rinbosari bilan o‘rta bo‘g‘indagi odamlarni har oyda besh kun o‘qitishi kerak. Bosh vazir o‘rinbosari har birini bilishi kerak. Qishloqda qaysi tuman hokimining o‘rinbosari nima qilyapti, kim bilishi kerak? Tarmoqning rahbari – shu Bosh vazir o‘rinbosari. Lekin, ming afsus, Prezident borsa, likillab boradi ko‘pi, qo‘pol bo‘lsa ham”, dedi Prezident.


Maqola muallifi

Teglar

Jamshid Qo'chqorov Kambag'allik

Baholaganlar

116

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing