Hindiston Bosh vaziri Ukrainaga bordi (video)

Olam

image
Modi nega Rossiyadan keyin Ukrainaga bormoqchi? north_east

Modi nega Rossiyadan keyin Ukrainaga bormoqchi?

Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi 1992 yilda mamlakatlar o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganidan buyon ilk bor Ukrainaga bordi. Bu haqda Hindistonning NDTV telekanali xabar berdi.

Modining Kiyevga tashrifi tafsilotlari sir saqlanmoqda. NDTV telekanalining xabar berishicha, tashrif bir necha soat davom etadi. Hozir Hindiston Bosh vaziri mehmonxonada.

Ma’lumki, Modi Polshadan poyezdda kelgan. 22 avgust kuni Varshavada Hindiston Bosh vaziri Polsha Prezidenti Anjey Duda va Bosh vazir Donald Tusk bilan uchrashdi. Tomonlar kelgusi yillar uchun hamkorlik rejasini ishlab chiqdi va o‘zaro hamkorlik darajasini strategik sheriklik darajasiga ko‘tarishga qaror qildi.

Hindiston Tashqi ishlar vazirligi avvalroq xabar qilganidek, Modi Ukrainada Prezident Vladimir Zelenskiy bilan uchrashadi. Ular ikki tomonlama aloqalarning bir qancha jihatlarini, jumladan, siyosiy, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, ta’lim, madaniy, shuningdek, gumanitar almashinuv va gumanitar yordamni muhokama qilishni rejalashtirmoqda. Ular Ukrainadagi mojaro mavzusiga ham to‘xtalib o‘tadi.

Varshavadagi matbuot anjumanida Modi Hindiston tinchlik va barqarorlikni tezroq tiklash uchun do‘st davlatlar bilan har qanday hamkorlikka tayyor ekanini aytdi. Uning fikricha, barcha ziddiyatlarni muloqot va diplomatiya yo‘li bilan hal qilish kerak.


Maqola muallifi

Teglar

Hindiston Ukraina Narendra Modi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing